Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo yoshlariga raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda
    06.11.2020

    Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari barpo etilmoqda.

    Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari 5 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida tashkil etildi.

    Ochilish marosimlarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B. Olmatov, tizimdagi korxona va tashkilot rahbar va xodimlari, tuman hokimliklarning vakillari hamda tumanlarning yoshlari ishtirok etdi.

    Markazlar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda tuman yoshlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususiy korxona xodimlari malakalarini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati