eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Barcha murojaatlar ijobiy hal qilindi
    28.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida Respublika ishchi guruhining 2020 yil 26-27 oktabr kunlari Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabuli davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 35 ta murojaatlar kelib tushdi.

    Sayyor qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev ishtirok etdi.

    Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani, Guliston, Yangiyer, va Shirin shaxarlarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga fuqarolar tomonidan jami 35 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, barcha murojaatlar qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilindi.

    Manba: Axborot xizmati