Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli O'zbekiston-2030” dasturini amalga oshirishda yoshlarning o'rni
    27.10.2020

    Bugun 27 oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan Farmoni ijrosi doirasida  “Raqamli O'zbekiston-2030 dasturini amalga oshirishda yoshlarning o'rni mavzusida onlayn konferensiyasi  bo'lib o‘tdi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda,  O'zLiDeP partiyasi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahridagi Yeoju texnika instituti, “Art Craft” kompaniyasi va boshqa tashkilotlar  vakillari ishtirok etdi.

    Konferensiya doirasida frilanserlik orqali yoshlar bandligini ta'minlash, IT Park faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish va raqamli ta'lim istiqbollari kabi mavzularda yosh olimlarning, qolaversa, soha vakillarining ilmiy maqolalari chop etilishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati