Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelecom” AK voleybol jamoasi O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
    22.10.2020

    2019-2020 yil mavsumining voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy liga XXVIII chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa COVID-19 pandemiyasining sanitariya-gigiyenik talablariga rioya qilgan holda o‘tkazildi.

    Erkaklar o‘rtasida Oliy liga chempionatining final bosqichi 21-oktabr kuni yakunlandi. Final musobaqalarda “O‘zbektelecom” AK (Samarqand), “ORIENT” (Toshkent), AGMK (Olmaliq) va “Yoshlik” (Farg'ona) jamoalari ishtirok etdi.

    “O‘zbektelecom” AK jamoasi final o‘yinida “ORIENT” jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

    Ta’kidlash joizki, “O‘zbektelecom” AK Samarqand  jamoasi ko‘p yillardan beri O‘zbekistonning eng kuchli voleybol jamoalaridan biri bo‘lib, ko‘p marotaba mamlakatimizda o‘tkazilgan chempionatlarning sohibi bo‘lgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga, Vazirlik va tizimdagi korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi sport madaniyatini shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqda. “O‘zbektelecom” AK jamoasining g‘alaba va yutuqlari buning yorqin misolidir.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chempionlarni va Oliy liga sovrindorlarni g‘alaba bilan tabriklaydi, ularga sportda va shaxsiy hayotda yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishni tilab qoladi!

    Manba: Axborot xizmati