Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oqdaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazi ochildi
    17.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3 yo‘nalishi ­- aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda.

    Xususan 3-tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yilda Samarqand viloyatining Kattako`rg`on shahrida hamda 2020 yilda Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarida jami 4 ta Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etilgan edi.

    Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, kibersport zallari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Viloyatdagi Raqamli texnologiyalar o`quv markazlarining beshinchisi Oqdaryo tumanida tashkil qilindi. Shu munosabat bilan, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

    Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o`quv markazi, robototexnika o`quv markazi va kibersport yo`nalishlaridan tashkil topgan. Raqamli texnologiyalar o`quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo`yicha bepul o`qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

    Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

     

    Manba: Axborot xizmati