Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!”
    16.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti va O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 16-oktabr kuni “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” mavzuida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

    Uchrashuvda Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, hududiy boshqarmalar vakillari videkonferens-aloqa ko‘rinishida mazkur tadbirda qatnashdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida milliy davlatchiligimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish bu borada eng muhim yo‘nalish bo‘lib qolishi, bu yil 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni butun mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Tadbirda shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi mas’ullari tomonidan vazirlik va idoralarda davlat tilida ish yuritish, o‘zbek tilining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi.

    Shuningdek, ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan nashr qilingan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” hamda “Davlat tilida ish yuritish” uslubiy qo‘llanmasining taqdimoti ham o‘tkazildi. Tadbir davomida mazkur qo‘llanma Vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlariga taqdim qilindi. Tizimdagi boshqa korxona va tashkilotlarga mazkur qo‘llanmaning elektron varianti ishda qo‘llash uchun yetkazib berildi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlari tadbirni fayzli nuqta bilan yakunlagan.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir o‘rinbosari B. Olmatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘. Majidov, Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti ma’sul xodimi F. Hayitov ishtirok etdi.

     

    Manba: Axborot xizmati