Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmadi
    10.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida Respublika ishchi guruhining 2020 yil 7-9 oktyabr kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

    Sayyor qabulda  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamol Maxsudov ishtirok etdi.

    2020 yil 7-9 oktyabr kunlari Buxoro viloyati Buxoro shahri, Vobkent, Romitan va Jondor tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 20 ta ariza kelib tushdi. Sayyor qabulida qatnashgan fuqarolar quyidagi masalalar bilan murojaat qilishdi:

    • simli telefon aloqasi va internet o‘tkazib berish - 17 ta;

    • mobil aloqa sifatini yaxshilash - 1 ta;

    • telefon nosozligi bo‘yicha - 1 ta;

    • telefon liniyasini almashtirish to‘g‘risida – 1 ta.

    Shundan 2 ta murojaatlar  sayyor qabul davomida ijobiy hal qilinib, 18 ta murojaatlar o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

    Manba: Axborot xizmati