Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nukusda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi
    07.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

    Ushbu Farmonda hududlarda xokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalar belgilangan. Hamda ularning 12 ming nafar xodimi axborot texnologiyalari sohasida malakalarini oshirish kabi bir qator tadbirlar belgilandi.

    Shundan kelib chiqib, 7-9 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida malaka oshirish kursi tashkil etildi. Ushbu malaka oshirish kursida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi mutaxassislarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan.

    Malaka oshirish kursida 200 nafar suv xo‘jaligi tizimidagi mutaxassislarning zamonaviy geoaxborot va yerni masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llanilishi, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va joriy etilayotgan dasturiy mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Shuningdek tinglovchilar suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan tanishtiriladi.

    Bugungi kunda mamlakatimizning agrar sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining ishbilarmonlar bilan muloqot qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

    Ushbu sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish bu nafaqat ish jarayonlariga axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, balki soha mutaxassislarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirishdir.
    Malaka oshirish kursi 9 oktyabr kuni yakunlanadi hamda ishtirokchilarga maxus sertifikatlar topshiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati