eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabida 1-bosqich onlayn test imtihonlari natijalari e’lon qilindi
    02.10.2020

    2020 yil 25-29 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun onlayn imtihon jarayonlarining 1-bosqich o‘tkazilgandi.  Birinch bosqich onlayn test imtihonlari  natijalari e’lon qilindi.

    Batafsil natijalar bilan https://ictschool.uz/1-bosqich-natijalari     yoki  www.ictschool.uz. rasmiy orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

    Ma‘lumot uchun:

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 10 sentyabrdan 20 sentyabrga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilarning hujjatlari www.ictschool.uz.rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilingan.

    2020 yil 25-29 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun onlayn imtihon jarayonlarining 1-bosqich o‘tkazildi. 

    Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari ikkinchi bosqichda  Zoom dasturi orqali onlayn suhbatda ishtirok etadilar.

    5-sinf o‘quvchilari uchun onlayn suhbat 5 oktyabr kuni, 6-7-sinf o‘quvchilari uchun – 6 oktyabr kuni va 8-9-sinf o‘quvchilari uchun – 7 oktyabr kuni onlayn suhbatlar tashkil etiladi.

    Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkaziladi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol ishlanadi.

    Imtihon sinovlari Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladi.

    Bu yil kvota bo‘yicha 5-sinfga 120, 6-sinfga 60, 7-sinfga 60, 8-sinfga 60, 9-sinfga 30, jami 330 nafar o‘quvchi tanlov asosida saralab olinadi.

    2020 yil 10 sentyabr kunidan boshlab, ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli Call-center tashkil etildi.

    Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: www.ictschool.uz. rasmiy veb-sayti

     

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati