Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Texnik tadbirlar amalga oshirilishi munosabati bilan “Navruz media”, “Vodiy sadosi”, “O‘zbegim taronasi”, “Hamroh” va “Radio grand” radiokanallar efirida vaqtinchalik to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin
    26.09.2020

    Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniya markazi 2020 yil 24 sentabrdan 1 oktabrga qadar Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 69-uyda joylashgan teleminoraning (N=180m) yuqori balandligida antenna qurilmalarida texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2020 yil 24 sentabrdan 1 oktabr kunlari Toshkent shahridagi “Navruz media”, “Vodiy sadosi”, “O‘zbegim taronasi”, “Hamroh” va “Radio grand” radiokanallar efirida vaqtinchalik to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin.

        Shuningdek, 26 sentyabr kuni soat 18:00gacha yuqoridagi radiokanallar efiri vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.        

    Manba: Axborot xizmati