Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro hamkorlik
    11.09.2020

    2020-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyamа bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida  AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik,  pochta xizmatlari, telekommunikatsiya sohalari va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    O‘zbekiston Respublikasidagi Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasi rivojiga qaratilayotgan katta e’tibor va intilishni alohida ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakatni birlashtirib turuvchi omillarni sanarkan, O‘zbekiston bozoriga qiziqish tobora ortib borayotganini qayd etdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 sentabr kuni qabul qilingan  “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan masalalar ham muhokama qilindi. 

    Shu bilan birga, uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlim va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarining joriy holati va  istiqboldagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.

    Uchrashuv davomida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati