Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universitetida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi!
    09.09.2020

    Yetti yildirki, Amiti Hindistondagi xususiy universitetlar ichida birinchi o‘rinni egallab keladi. Va ishonch bilan aytish mumkinki, hind o‘lkasidagi eng yaxshi universitet O‘zbekistonda mavaffaqiyatli foliyat olib bormoqda. Amiti global universitet bo‘lib, dunyo bo‘ylab 17 ta davlatda o‘z o‘rnini topgan. Shuningdek, eng nufuzli, ya’ni AQSh, Buyuk Britaniyadagi maxsus tashkilotlardan akkreditatsiya olib, diplomlarini standartlar asosida beradi va ta’limda ham sifatga jiddiy e’tibor qaratadi.

    Ushbu nufuzli universitet O‘zbekistonga axborot texnologiyalari yo‘nalishini ko‘zlab olib kelingan bo‘lsa-da, hozirda universitetda biznes boshqaruvi, turizm, iqtisodiyot bo‘yicha ham ta’lim beriladi. Bundan tashqari, birinchi yildanoq iqtisodiyot va axborot texnologiyalaridan magistrlik dasturlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

    Onlayn ta'lim jarayonida Toshkent shahridagi Amiti universitetida talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Pandemiyа davrida  universitet  onlayn platforma orqali yuqori sifatli ta'lim berish imkoniyatini yaratdi.

    Toshkent shahridagi Amiti universiteti har bir talaba  kompyuter laboratoriyalaridan  foydalanishi uchun, onlayn kompyuter laboratoriyalarini ishga tushirmoqda.

    Endi talabalar  uyda  mashq qilish ,  o'rganish uchun shaxsiy kompyuterlariga dastur o'rnatish shart emas.  Talabalar virtual kompyuter laboratoriyasiga ega bo'lib, o'z kurslari bo'yicha talab qilinadigan barcha dasturlardan foydalana oladilar.

    Endilikda talabalardan talab qilinmaydi:

    • onlayn mashg'ulotlar paytida yuqori konfiguratsiyaga ega kompyuter,  noutbook sotib olish.

    • onlayn mashg'ulotlar davomida dasturiy ta'minot , dasturlarni sotib olish.

    • onlayn mashg'ulotlar davomida katta dasturiy ta'minot, dasturlarni o'rnatish.

    Bu esa talabalarning o‘z ustida ishlashlari va bilimlarini oshirishlari uchun ulkan imkoniyatdir.

     

    Manba: Axborot xizmati