Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mard o‘g‘lonlar taqdirlandi
    28.08.2020

    27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

    Qarorga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz tarraqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, halq manfaati va yurt istiqboli uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan bir necha fidoiy va mard o‘g‘lonlarimiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Taqdirlangan yoshlar orasida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali birinchi bosqich magistri Farrux Qodirov ham borligi quvonarlidir.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Farrux Qodirovni ushbu yutuq bilan tabrikladi.

    Manba: Axborot xizmati