Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga start berildi
    24.08.2020

    Bugun 24-avgust Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga start berildi. Ushbu tadbir 24-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi.

    Mazkur yirik tadbirning asosiy maqsadi butun O‘zbekiston yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalar haqida bilimlarini oshirish va zarur ko‘nikmalariga o‘rgatish hamda AKT sohasidagi jarayonlariga keng jalb qilish.

    Besh kun davom etadigan mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga quyidagi zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha master klass o‘tkaziladi:  veb-dasturlash va mobil dasturlash, desktop dasturlash, raqamli media va marketing, dizayn, robototexnika hamda frilans.

    Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, mazkur tadbirda AKT sohasidagi nufuzli mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar ishtirok etib, o‘z tajribalar bilan o‘rtoqlashadi. Ularning qatorida Angry Birds mobil o‘yini asoschilari, Google  kompaniyasi rivojlantiruvchi ekspertlari va yirik  IT loyihalarning rahbarlari qatnashadi.

     

    Manba: Axborot xizmati