Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Pochta jo‘natmalari orqali koronavirus infektsiyasi yuqmaydi
    28.07.2020

     Bugun 28 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov “pochta jo‘natmalari orqali koronavirus infektsiyasi yuqmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti davlatlararo savdo va yuklarning harakati bo‘yicha hech qanday cheklovlar tavsiya etmaydi”- deb alohida ta’kidlab o‘tdi.  

    Yurtimizda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqti 16 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.

    Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston pochtasi” AJ havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 35 ta mamlakatlariga yetkazib bermoqda. Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 32 ta davlatga faqat yer usti transporti yo‘nalishida xalqaro pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati