Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
    17.07.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 17 martdagi PQ–4642-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 iyul kuni ““Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

    Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

    Mazkur qaror bilan, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligi tartibi to‘g‘risida Nizom, “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish sxemasi, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahliliy tizimini joriy etish reja jadvali ham tasdiqlandi.

    Ushbu qaror asosida, Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid ko‘rsatkichlarini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni har tomonlama baholash, muammolarni hal qilish qiyosiy baholash, tendensiyalar, strategiyalar, prognozlar, voqea-hodisalarni rivojlanishiga oid dastur va rejalarni aniqlash, jamoat xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning bartaraf etish maqsadida mas’ul rahbarlarga axborot-tahliliy ko‘maklashish, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa axborot manbalarini integratsiyalash kabi muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.

    “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahliliy tizimini joriy etish reja jadvali asosida 41 ta banddan iborat chora-tadbir amalga oshiriladi.

     

     

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati