Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2020 yil boshidan buyon 160 dan ziyod yangi baza stansiyalari foydalanishga topshirildi
    08.07.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, “O‘zbektelekom” AK “Mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish” loyihasi doirasida Respublika bo‘ylab 160 dan ziyod ob’ektlarda baza stansiyalarini ishga tushirdi. Yangi baza stansiyalarning aksariyat qismi qishloq va chekka hududlarda foydalanishga topshirildi.
    Yangi antenna-machta inshootlari, baza stansiyalari va zamonaviy qurilmalarning o‘rnatilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va qamrov zonalarining kengayishiga hamda tezkor mobil Internet texnologiyalari joriy etilishga xizmat qiladi.

    Hozirgi kunda modernizatsiya ishlari Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida nihoyasiga yetgan. Shuningdek, ayni kunlarda Xorazm viloyatida modernizatsiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘i tayanch stansiyalarining aksariyat qismi 4G LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Mamlakatning boshqa hududlarida ham modernizatsiya jarayonlari izchil davom etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati