Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti Universitetida kirish imtihonlari ilk marotaba onlayn o‘tkazildi
    01.07.2020

    Toshkent shaxridagi Amiti universitetida birinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar onlayn shaklda o‘tkazilib, unda sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanildi.

    Ushbu tizim O‘zbekistonda birinchi marotaba joriy qilinib, birinchilaridan bo‘lib Toshkent shahridagi Amiti universitetida qo‘llanildi.

    Tizim imtihon paytida nomzodlarning yuzlarini, ovozlarini va harakatlarini taxlil qila oladi. Abituriyentlar hamda imtixon jarayonida testdan o‘tish uchun boshqa axborot manbalaridan foydalana olmaydilar. Bu o‘z navbatida, imtihon jarayonlarini haqqoniy va shaffof o‘tishini ta’minlab beradi.

    Imtihonlarning birinchi kunida Xalqaro tayyorgarlik kursi (International Foundation Study) yo‘nalishi buiycha jami 700 nafarga yaqin abituriyent imtihon topshirdi. Imtihon davomida abiturentlar xatti-harakatlari maxsus plarforma orqali Xindiston tomondan biriktirilgan 56 ta professor-o‘qituvchilari tomonidan nazorat qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, navbatdagi imtihonlar 18 va 19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Manba: Axborot xizmati