eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    29.06.2020

    IT-Park ko‘magida startaplar uchun yangi loyhalar — “Go Global Uzbekistan” va “Mentorship” amalga oshiriladi

    “Go Global World” (California, USA) loyihasi doirasida Oʻzbekistonda “Go Global Uzbekistan” loyihasi ishga tushirilmoqda. Loyihaning maqsadi – barcha mahalliy startap jamoalar va frilanserlar Kremniy vodiysi va xorijiy davlatlardan boʻlgan mentor, investor, ekspertlar hamjamiyati bilan samarali muloqot o‘rnatish.   

    “Go Global Uzbekistan” doirasida IT-Park oʻzining “Mentorship” loyihasini ham amalga oshiradi. Mazkur loyiha doirasida xorijlik ekspetlar jalb qilinib, mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi.

    Birinchi sessiya 2020-yilning 30-iyun kuniga mo‘ljallangan. Mentor sifatida Anatoliy Kochnev – “Intelliboard” kompaniyasiga asos solgan va venchur investitsiya jamg‘armalaridan 3,4 million dollar jalb qila olgan Oʻzbekistonlik tadbirkor ishtirok etadi.

    Birinchi sessiyaga roʻyxatdan oʻtish: https://clck.ru/PLBEd 

     

    Toshkentdagi Amiti universitetida birinchi onlayn imtihonlar o‘tkaziladi

     Joriy yil 1-2 iyul kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida imtihonlar birinchi onlayn rejimida o‘tkaziladi.

    Kirish imtihonlari test ko‘rinishida maxsus onlayn platforma yordamida o‘tkaziladi.

    Imtihonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

    Xalqaro tayyorgarlik kursi (International Foundation)

    Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha:

    • Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
    • Kompyuter texnologiyalari va injiniring (Computer Science & Engineering);
    • Biznes-boshqarish (Bachelor of Business Administration);
    • Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics
    • Turizm (Bachelor of Arts (Tourism Administration)

    Magistratura yo‘lishi bo‘yicha:

    • Axborot texnologiyalari (Master of Science in Information Technology);
    • Biznes-boshqarish (Master of Business Administration)

     

    TBC Bank O‘zbekistonda o‘z faoliyatini pilot rejimida boshladi

    O‘zbekistondagi birinchi xorijiy virtual banki — TBC Bank o'z faoliyatini pilot rejimida, yopiq beta-test jarayonida boshladi. Bank vakillari ta’kidlashicha, bank keng ommaga o‘z xizmatlarini avgust oyidan boshlab ko‘rsatilishi boshlaydi.

    Gruziyaning yetakchi banklaridan bo‘lgan TBC bank onlayn banking xizmatlarni ko'rsatishga ixtisoslashgan. O‘zbekistonda TBC o‘z mijozlariga xizmatlarini Space onlayn platforma orqali ko‘rsatadi.

    Bundan tashqari yil oxirigacha TBC uchta filialni ochichshni rejalashtirmoqda. Filiallarda bank konsultantlari mijozlarni qanday virtual ofis orqali bank maxsulot va xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatadi.

     

    MIR” rossiya to‘lov tizimi O‘zbekiston uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi

    29-iyundan boshlab O‘zbekistonga “MIR” kartalaridan UzCard tizimiga ulangan barcha bank kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkon yaratildi.

     

    “Yandex.Dengi” tizimidan pul o‘tkazmalarni ham UzCardga amalga oshirsa bo‘ladi

    Pul o‘tkazmani servis sayti hamda mobil ilova orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

    Pul o‘tkazmalari rublda amalga oshirilib keyingina so‘mga konvertatsiya qilinadi. UzCard kartalariga bir marotaba 36 ming rublgacha, bir sutka ichida esa 72 ming rublgacha pul o‘tkazmalarini amalga oshirsa bo‘ladi. Operatishiya uchun kommisiya 3%ni va kamida 45 rubl tashkil etilishi shart. 

     

    Manba: Axborot xizmati