Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana ko‘tarildi
    29.06.2020

    2020 yil iyunning ikkinchi yarimi holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur’atiga ta’siri’ni e’lon qildi. Buning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

    Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 8 foizga ko‘tarilgan.

    O‘zbekistonda internet tezligi esa, 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa 16 foizga ko‘tarilgan.

    Takidlash kerakki, O‘zbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga  o‘sgan. 2019 yil mart  holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s. bo‘lgan bo’lsa, 2020 yil 1-iyun holatiga ko‘ra 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020 yil 15-iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda  internet tezligi 27,59 Mbit/s. gacha ko‘tarildi. 

    Manba: Axborot xizmati