Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga!
    27.06.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati hamda tizimda mehnat qilayotgan ko‘p ming kishilik butun jamoasi Siz, azizlarni, 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etib, barchangizga chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni bildirishdan bag‘oyat mamnunmiz.

    Jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar yetkazish borasida Siz, matbuot ahlining fidokorona mehnat qilayotganingizni yuksak qadrlaymiz.

    Sizlar kabi ming-minglab olijanob kasb egalarining sa’y-harakatlari, iste’dod va mahorati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo‘lib, O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasini, ijobiy imijini shakllantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynamoqda.

    Mamlakatimizda har bir soha va tarmoqlarga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, raqamlashtirish, elektron hukumatni rivojlantirish kabi ulkan tarixiy yangilanish jarayoni kechmoqda. Bu jarayonlar xususida aholiga to‘g‘ri, xolis, shaffof tarzda ma’lumotlar oqimini shakllantirish, fuqarolarning bu yo‘nalishdagi axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish muhim va dolzarb ahamiyatga ega. Vazirligimiz jamoasi bunday sharafli vazifani amalga oshirishda yelkama-yelka turib, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida faoliyat olib borishga doimo tayyor!


    Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

    Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz!

    Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz!

     

    Manba: Axborot xizmati