Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    26.06.2020

    Telegram videoqo‘ng‘iroqlari endi iOS-moslamalar joriy qilinmoqda

    Telegramning yangi 6.3 beta versiyasida endi iOS operatsion tizimlarida ishlaydigan telefonlari uchun videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi joriy etilmoqda.

    Videoqo‘ng‘iroq funksiyasini mazkur messenjerida joriy etish rejalarini Telegram asoschisi va egasi Pavel Durov joriy yil aprel oxirlarida e’lon qilgan edi

    Shu bilan birga u kompaniya yutuqlari to‘g‘risida hisobot berdi. 2020 yil aprel holatiga ko‘ra Telegramning faol foydalanuvchilarning soni 400 millionga yetdi. Bu esa o‘tgan yil ko‘rsatkichlarga nisbatan 100 milliondan ko‘proq. Har kuni Telegram’da 1,5 million atrofida yangi a’zolari ro‘yhatdan o‘tadi. Bugungi kunda Telegram 20 dan ortiq davlatlarda AppStore internet-do‘konida eng ko‘p yuklaydigan messenjer va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallamoqda.

     

    LG o‘zini dezinfeksiya qiladigan simsiz quloqchin (naushnik)larni keng ommaga chiqardi

    COVID-19 pandemiyasi sharoitida ba’zi kompaniyalar smartfon va boshqa aksessuarlarni dezinfeksiya qilib beradigan turli mobil va statsionar moslamalarni taklif etishni boshladi.

    O‘z navbatida, LG kompaniyasi HBS-FN6 Tone Free quloqchinlarni va UVnano texnologiyaga ega qutichasini taqdim etdi. Mazkur texnologiya moslamani ultrafiolet yordamida dezinfeksiya qilishga yordam beradi.

    Quloqchinlar avtonom ravishda 6 soatgacha ishlaydi, quti bilan birga 18 soatgacha. Ular oq va qora ranglarda ishlab chiqariladi. HBS-FN6 Tone Free quloqchinlarning narxi hozircha ma’lum emas, eng avvalo AQSh va Yevropada sotuvga chiqariladi.

     

    Amazon dasturlashni talab qilmaydigan ilovalarni yaratishga yordam beradigan servisni yo‘lga qo‘ydi

    Amazon kompaniyasi dasturlash sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qilmaydigan ilovani yaratishga yordam beradigan Honeycode xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

    Honeycode vizuallashgan interfeys bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchilar turli maqsadlar, jumladan, vazifalarni rejalashtirish va mijozlar bazasini boshqarish uchun ilovalarni yaratish imkoniga ega.

    Mazkur ilovadan 20 nafar xodimdan iborat va 2500 ta kod satrlarni yaratish sharti bilan bepul foydalansa bo‘ladi. Servisning keyingi narxi esa ma’lumotlar hajmi va foydalanuvchilar soniga bog‘liq.

     

    Google tomonidan mass-media sub’ektlariga yaratilgan yangilik uchun pul to‘lanadi

    Google internet-korporatsiyasi ommaviy axborot vositalariga ular tomonidan yaratilgan va kompaning Google News va Discover platformalarida joylashtirilgan yangiliklar uchun pul to‘laydi.

    Foydalanilgan yangilik uchun birinchi pul to‘lanadigan ommaviy axborot vositalari qatoriga — Germaniyaning “Der Spiegel”, Avstraliyaning “InQueensland” va “InDaily” hamda Braziliya “Diarios Associados” kabi OAV kiritilgan.

    Hozirda kompaniya hamkorlar bilan muzokara olib borishni davom ettirmoqda. Yaqin vaqt ichida yanada ko‘proq shartnomalarni tuzish rejalashtirilgan.

    Fransiya va Avstraliya davlatlarining monopoliyaga qarshi organlari qarorlari Googlening mana shunday tashabbus bilan chiqishiga turtki bergan. Mazkur davlatlarning hukumatlari mass-media tomonidan yaratilgan kontent uchun Google pul to‘lashi lozimligini talab qilmoqda. Ayniqsa hozirgi paytda OAVlarning reklamadan olingan daromadlari keskin pasayishi tufayli mazkur qarorning dolzarbligi yanada oshgan. 

     

    Segway segveylarni ishlab chiqarishni to‘xtalishi haqida e’lon qildi

    Segway kompaniyasi segveylarni — avtobalansirovkaga ega ikki g‘ildirakli moslamalarni ishlab chiqarishni to‘xtatilishi to‘g‘risida rasmiy e’lon qildi. Oxirgi segvey 15 iyul kuni AQSh, Belford zavodi konveyeridan chiqadi.

    Ushbu mahsulot savdosining keskin pasayib ketishi mazkur qarorga kelinishiga sabab bo‘lgan. 20 yil ichida kompaniya atiga 140 mingta moslamalarni sotgan holos. O‘tgan yili esa segveylar kompaniyaga faqatgina 1,5% foyda keltirdi.

    Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, qoniqarsiz sotuv natilajarining sabablaridan biri moslamaning yuqori narxi ($5000), ularning umri uzoqligi va mahsulotni klassifikatsiyalashda bir qator muammolarning vujudga kelganidadir. Chunki, bir qator davlatlarda segveyni boshqarish uchun litsenziya talab etiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati