eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU talabalari tomonidan abituriyentlarga imtihon manzilini ko‘rsatib beruvchi mobil ilova ishlab chiqildi
    22.06.2020

    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillarini ko‘rsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratildi.

    “ImtihonGo” mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan.

    Ilova mualliflari TATU magistri G‘. Nazarov hamda «Radio va mobil aloqa» fakulteti talabasi H .Baxtiyorovlardir.

    Ilovaga yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati hamda geomanzillari to‘liq kiritilgan. Agarda biror sabablarga ko‘ra DTM tomonidan ko‘rsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o‘zgartirishlarni tezda qo‘shish va bu o‘zgarishni foydalanuvchilarga yetkazish reja qilingan.

    Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor. Ilova Google Play’ga joylashtirilgan.

    Mamlakatimizdagi OTMlarga kirish uchun imtihon topshirish istagida yurgan abituriyentlar mobil ilovani quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mrmanager.imtihongo

    Manba: Axborot xizmati