Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU professor-o‘qituvchilari hamda talabalari IEEE eLearning Library kurslarida o‘qish va IEEE Xplore electron manbalaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi
    02.06.2020

    Muhammad Al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘z akademik bilimlarini va malakasini oshirishga yana bir ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi: ular uchun IEEE Xplore manbalarining kurslar va electron kitoblar to‘plamidan bepul foydalanishga imkoniyat yaratilib berildi.

    IEEE Xplore o‘zi nima? IEEE Xplore — bu yuqori sifatidagi texnik adabiyotlar yirik electron baza va taniqli ekspertlar ishtirokida tayyorlangan kasbiy va akademik yo‘nalishlaridagi turli xil kurslar. Ushbu electron kitoblar to‘plami muhandislik va kompyuter texnologiyalari sohasiga oid yangi mavzularni qamrab olgan bo‘lib, yuqori sifatli va ishonchli kontentni taqdim etmoqda.

    IEEE eLearning Library kurslari:

    • Universitetning o‘quv kurslarini qo‘llab-quvvatlash;
    • Imiy-tadqiqot loyihalariga yangi texnologiyalarni oldindan tayyorlashni ta’minlash;
    • Talabalarning bilim darajasi va o‘qituvchilar va xodimlarning imkoniyatlarini oshirish;
    • O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng sertifikat olish;
    • Yeng ilg‘or texnologik ishlanmalar;
    • Dinamik interfeysga yega;
    • PDF formatida mavjudligi;
    • Desktopdan (“Rabochiy stol”) 24/7 imkon mavjudligi.


    Batafsil shu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://ieeexplore.ieee.org/Xplorehelp/administrators-and-librarians/title-lists#ieee-now-publishers-foundations-and-trends-technology-ebooks

    Kurslarga havola: https://ieeexplore.ieee.org/courses/home

    Elektron manbalarga havola: https://xploreqa.ieee.org/Xplorehelp/kbart/now.html

    Bepul foydalanish muddati: 2020 yil 30-iyun

     

    Username: Eq7eu96N

    Password: edTKNbME

    Manba: Axborot xizmati