Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yil fasllari” bolalar ijodiy rasmlari Respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
    01.06.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilgan Beshta tashabbus doirasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jo‘mladan, birinchi yo‘nalishi bo‘yicha — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga izchil ishlar olib borilmoqda.

    Yosh avlodning ijodiy salohiyatini amalga tatbiq etish, filateliyaga jalb etish, yangi syujetlarni izlash va jamiyatning e’tiborini pochta markalariga tortish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ 15 yanvardan boshlab 15 martgacha “Yil fasllari” mavzuida “Dunyo bolalar nig‘oxida” maxsus pochta markalari turkumini chiqarish maqsadida bolalar ijodiy rasmlari Respublika tanlovni o‘tkazdi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun jami 2 167 ta rasmlar qabul qilindi, va ulardan 1 270 tasi tanlab olindi. Tanlovning natijalari yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarning ijodiy ishlari asosida pochta markalarining eskizlari tayyorlandi va DUK “Davlat belgisi”ga chop etish uchun topshirilgan. Joriy yil iyun oyida Baddiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazma zalida bolalar rasmi ko‘rgazmasi va bolalar rasmlari asosida tayyorlangan pochta markalarining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    “Yil fasllari” maxsus pochta markalari turkumi dizayneri U. Yusupaliyev. Turkum 4 markadan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etiladi.

    Bolalar rasmlari asosida chiqariladigan “Yil fasllari” maxsus pochta markalari xat va banderollarda dunyo bo‘ylab tarqaladi. Va shunday qilib butun dunyo O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari ijodi bilan tanishadi.

    Bolalar rasmlari Respublika tanlov natijalari bo‘yicha qo‘yidagilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

    1-o‘rin, Ulug‘bekov Fozilbek, 10 yosh, Toshkent sh., 150-sonli maktabi, «Yil fasllari» («Qish»);

    2-o‘rin, Yamoldinova Renata, 10 yosh, Toshkent sh., 10-sonli musiqa va san’at bolalar maktabi, «Yil fasllari» («Bahor»);

    3-o‘rin, Baxtiyorova Gulsanam, 11 yosh, Farg‘ona sh., 3-sonli musiqa va san’at bolalar maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»);

    4-o‘rin, Maxmudjanova Nilufar, 12 yosh, Toshkent, 260-sonli maktab, «Yil fasllari» («Yoz»).


    Bolalar ijodiy rasmlari respublika Tanlovi natijalari bo‘yicha maxsus sovrinli o‘rinlarga laureatlar:

    1. Akromxodjayeva Shoxina, 10 yosh, Toshkent sh., 26-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Qish»);

    2. Mirvaliyeva Moxidil, 9 yosh, Toshkent sh., 10-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Qish»);

    3. Frenkel Natan, 9 yosh, Toshkent sh., 60-sonli maktabi, «Yil fasllari» («Bahor»);

    4. Alixo‘jayeva Marhamatxon, 12 yosh, Farg‘ona sh., 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Bahor»);

    5. Xusniddinova Shodiya, 11 yosh, Toshkent sh., 10-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Yoz»);

    6. Gulyayeva Alina, 10 yosh, Toshkent sh., 10-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Yoz»);

    7. Ongarbayeva Mariya, 9 yosh, Toshkent sh., 10-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»);

    8. Ruzmatova Sumayya, 8 yosh, Toshkent sh., 10-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»);

    9. Qahramonova Shabnam, 8 yosh, Jizzax sh., maxsus san’at internat – maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»);

    10. Ollaberanova Charos, 11 yosh, Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, 18-sonli maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»);

    11. Nematova Asal, 9 yosh, Qarshi sh., 47-sonli maktabi, «Yil fasllari» («Yoz»);

    12. Sadibekov Bexruz, 10 yosh, Samarqand viloyati, Qurobod tumani, Zarkent qishlog‘I, «Yil fasllari» («Kuz»);

    13. Jo‘raboyeva Mumtozbegim, 10 yosh, Navoiy sh., 12-son bolalar musiqa va san’at maktabi, «Yil fasllari» («Yoz»);

    14. Sharipov Bexruz, 12 yosh, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on sh.), «Yil fasllari» («Qish»);

    15. Abduvoxobov Javoxir, 11 yosh, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, 28-sonli maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»).

     

    Manba: Axborot xizmati