eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Elektron hukumat”ni rivojlantirishi doirasida jami 104 ta loyiha amalga oshiriladi
    28.05.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan parlamentga yo‘llangan Murojaatnomada ta’kidlanganidek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O‘zbekiston uchun kelgusi yillarda eng dolzarb va ustuvor yo‘nalishlardan biri. Yurtimizda 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingani ham bejiz emas. 2020 yilda AKT sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshiriladi.

    2020 yil 28 aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi.

    Hujjatga asosan 2020-2022 yillarda “Elektron hukumat”ni rivojlantirish doirasida 1,3 trillion so‘mga teng 104 ta loyihalarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

    “Elektron hukumat”ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan barcha loyihalar, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

    Manba: Axborot xizmati