Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish - taraqqiyotning muhim omili.
    25.05.2020

    Avval xabar, berganimizdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, modernizatsiya ishlari, soha korxona, tashkilot va muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatida bo‘lib qaytdi.

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi vazirlik ishchi guruhi tomonidan hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, sohadagi muammoli masalalarni joyida hal etish, xodimlar bilan ochiq muloqot qilish bo‘yicha amaliy ishlar ikki yildan buyon tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

    Raqamlar misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, Andijon viloyatida telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida joriy yil yakuniga qadar 1 000 kilometr optik tolali aloqa liniyasini qurish rejlashtirilgan. Bugungi kunga qadar 550 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, jami uzunligi 2 144 kilometrga yetkazildi.

    Mavjud ATSlarning umumiy sig‘imi 97 mingta telefon raqamni tashkil etib, 2020 yil davomida 22 mingtaga ortirish rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 11,8 mingta telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatildi.

    Andijon viloyatidagi 764 ta xalq ta’limi, 530 ta maktabgacha ta’lim va 230 ta sog‘liqni saqlash, jami 1 524 ta ijtimoiy ob’ektlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda 772 ta (51%) ob’ektlar, hususan, 402 ta (51%) maktab, 242 ta (46%) maktabgacha ta’lim, 128 ta (47%) sog‘liqni saqlash muassasalarigacha 463 km optik tola aloqa liniyalari qurildi.

    Joriy yil yakuniga qadar barcha maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash ob’ektlari to‘liq internet xizmati bilan ta’minlanadi. Xalq talimning 230 ta ob’ektlari 2021 yilda to‘liq internet xizmati bilan ta’minlanadi.

    Bugungi kunda viloyatlararo magistral aloqa tarmog‘i 100 Gbit/s. va tumanlararo 10 Gbit/s. tezlikda tashkil etadi. Joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatish orqali barcha darajadagi magistral aloqa liniyalarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatlari 4 barobar kengaytiriladi.

    Viloyatdagi mobil aloqa operatorlarining 1 731 ta baza stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, 2 mln.dan ortiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bugungi kunda viloyat aholi punktlarida mobil aloqa qamrovi 99,6 foiz va mobil internet qamrovi 75 foizni tashkil etmoqda.

    Yil yakuniga qadar 1 164 ta baza stansiyalarida optimizatsiya va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish hamda 134 ta qo‘shimcha baza stansiyalarni o‘rnatish orqali mobil aloqa qamrovi 99,8 foizga va mobil internet qamrovi 85 foizga yetkaziladi.

    Bularning bari viloyat aholisini sifatli aloqa bilan ta’minlash bilan birga, masofaviy davlat xizmatlari, tadbirkorlik sohasining bevosita rivojlanishiga turtki beradi.
    Mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi” doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, 2020 yil davomida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi, 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.

    Joriy yil boshidan shu kungacha internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 300 ming sig‘imli keng polosali abonent portli telekommunikatsiya qurilmalari keltirildi va hududlarga taqsimlanib mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.Optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar joriy yilda 1 405 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi va ishlar davom etmoqda. Bu orqali ko‘plab olis xududlarda joylashgan qishloqlarda ko‘p tarmoqli telekommunikatsiya xizmatlarini, jumladan Internet xizmatini tashkil etish imkoni ham yaratilmoqda.


     

    Manba: Axborot xizmati