Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universitetida abituriyentlarni tayyorlash uchun intensiv onlayn kurslari tashkil etiladi
    11.05.2020

    Toshkent shahridagi Inha Universitetida 25 kunga mo‘ljallangan onlayn kurslar tashkil etilmoqda. Masofaviy intensiv kurslar abituriyentlarni qisqa vaqt ichida matematika va ingliz tillarida mukammal tayyorlashga mo‘ljallangan.

    Matematika fanidan mashg‘ulotlar 50 akademik soatga mo‘ljallangan (1,5 soatlik 25 dars). O‘quv jarayoni Inha Universitetida maktabga va maktabdan tashqari dasturlarga kirish imtihoni savollarini hisobga olgan holda tayyorlangan.

    Intensiv ingliz tili kursi 30 ta foydali darslardan iborat bo‘lib, 60 akademik soatga mo‘ljallangan. Barcha darslar akademik IELTSga tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi: yozish, tinglash, o‘qish va nutq.

    Guruhlar bilim darajasiga qarab 15 kishidan iborat bo‘lib Toshkent shahridagi Inha Universitetining uzluksiz ta’lim markazidagi malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

    Ta’lim vebinar shaklida onlayn tarzda amalga oshiriladi.

    Kurslarga a’zo bo‘lish uchun quyidagi manzilda ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://drive.google.com/open?id=1XdUcxO7YiuShpRFZemEO3H2gKdOwEufMepswTHa7xH4 

    Manba: Axborot xizmati