Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri xodimlarni kasb bayrami bilan tabrikladi
    07.05.2020

    Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 7 may –“Aloqachilar kuni” aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun karantin talablariga rioya qilgan holda taqdirlash marosimi tashkil qilindi.

    Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov sohada samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan 88 nafar xodimga 4 ta “Mohir aloqachi”, 38 ta “Faxriy yorliq”, 46 ta “O‘z kasbining ustasi” kabi sohaning faxriy unvonlari bilan taqdirlanganini aytib o‘tdi.

    Vazir o‘z so‘zida, bugungi kunda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan oqibatlarni bartaraf etish, uning tarqalishining oldini olish, umuman olganda ushbu kasallikka qarshi kurash kechayotgan bir davrda hamda, 2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat va 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori dambasidan suv chiqishi oqibatida telekommunikatsiya tarmoqlarining qayta ishlashiga o‘z hissasini qo‘shgan xodimlarning o‘rni beqiyos bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

    Shu bilan birga, sohasida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

    Hammamizga ma’lumki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

    Ushbu ishlarni amalga oshirishda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir kishining alohida o‘rni bor!

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi soha fahriylari bo‘lgan ustozlarni, barcha aloqachilarni kasb bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklaydi! Sizlarga mustahkam sogliq, ulkan zafarlar, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baraka tilaydi!

    Manba: Axborot xizmati