Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Axborot 24” ijodiy guruhi Buhoro viloyatida kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish boyicha olib borilgan chora-tadbirlar to'g'risida mahsus lavha tayyorladi
    04.05.2020

    Ma’lumot berganimizdek, joriy yilning 27 aprel kuni Respublikamizning ayrim hududlarida, xususan Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlaridagi kuchli shamol, ob-havoni keskin yomonlashuvi natijasida telekommunikatsiya tarmoqlarida mobil aloqa baza stansiyalari va antenna-machta inshootlarining shikastlanishi kabi holatlar qayd etildi. Jumladan, Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat viloyat telekommunikatsiya infratuzilmasiga katta talofot yetkazdi. 

    Tabiiy ofat oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish va aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini qayta tiklash uchun maqsadida tezkor shtab tashkil etildi, turgan dolzarb masalalarni hal etish bosqichlari va rejalari belgilab olindi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarning zahira kuchlarini hududlarga safarbar etdi. Mazkur ishlarga 300 dan ortiq malakali mutaxassislar va maxsus texnikalar jalb qilindi.

    Birinchi bosqichda Olot va Qorako‘l tumanlarida simli telefon aloqasi va internet xizmatlari ko‘rsatilishi tiklandi hamda mazkur tumanlar markazlarida mobil aloqa baza stansiyalari ishga tushirildi.

    Shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, mazkur hududlarda butun telekommunikatsiya infratuzilmasi bugunning talabi asosida yangilanmoqda: o‘z umrini o‘ta bo‘lgan kabellar o‘rniga optik tola kommunikatsiyalar tortilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aholini sifatli va uzluksiz simli telefon, mobil va Internet aloqa bilan ta‘minlashga zamin yaratadi!

    Mahsus lavhani quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=WOR_AOU-PFo&fbclid=IwAR1sinTHE2PpoNtEVSavndyDV4_ou79yFzQEqAb3y-LWgdZmcbUxU1rfRYw

    Manba: Axborot xizmati