Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida aholini uzluksiz va sifatli aloqa bilan ta’minlashda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda
    27.04.2020

    Bugungi kunda butunjahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Jumladan, Samarqand viloyatida ham aholini ushbu xavfdan himoya qilish, uning iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, Vazirlik tizimidagi aloqa sohasi korxona va tashkilotlarining Samarqand viloyat bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida karantin e’lon qilinganligiga qaramasdan yil davomida rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

    Xususan, Yaponiya Halqaro Taraqiyot Banki (JBIC) tomonidan magistral tarmoqlarni kengaytirish bo‘yicha Samarqand viloyatining (tumanlar va Chelak qo‘rg‘oni) markaziy ATSlarida hamda Kattaqo‘rg‘on va Samarqand shahrida, jami 18 ta ob’ektda sun’iy yo‘ldosh aloqa orqali global Internet tarmog‘iga chiqishni ta’minlab berishga yo‘naltirilgan DW7000 yangi qurilmalarini montaj qilish ishlari davom etmoqda. Qurilmalar ishga tushirilgandan keyin, tumanlargacha magistral tarmoqning o‘tkazuvchanligi oshiriladi.

    Aholiga turli imkoniyatlarni, ya’ni Internetga kirish, telefon aloqa va IP-televideniye bilan ta’minlash maqsadida yil davomida 101 ta MSAN universal multiservis stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirda shularning 36 tasida abonentlarni qayta ulash ishlari yakunlandi, 11 tasida abonentlarni qayta ulash ishlari davom etmoqda.

    Bundan tashqari, 40 ta yangi mobil aloqa tayanch baza stansiyalari o‘rnatilib, mazkur hududlar sifatli mobil aloqa va mobil Internet qamrovi bilan ham ta’minlandi.

    O‘z navbatida, soha korxonalari tomonidan abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham, kelib tushayotgan ariza va murojaatlar mutaxassis xodimlar tomonidan o‘z muddatida ko‘rib chiqilishi va nosozliklar bartaraf etilishi ta’minlanmoqda. Jumladan, Uzmobile milliy mobil operatori tomonidan xizmatga ulanish kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali onlayn ko‘rinishda amalga oshirilishi tashkil etildi.

    Ta’kidlash kerakki, karantin davrida Samarkand viloyati shahar va tumanlari aholini uyda sharoitida sifatli telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishni ta’minlab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi Samarqand viloyat aloqa soha korxonalari bilan birgalikda samarali faoliyat olib bormoqda.

    Manba: Axborot xizmati