Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti Universitetiga 2020-2021 o‘quv yiliga hujjatlarni onlayn tarzda topshirish mumkin
    23.04.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 23 aprel kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Fuqarolar tomonidan quyidagi savol tushib keldi:

    Toshkent shahridagi Amiti Universitetida 2020-o‘quv yiliga qabul jarayonlari boshlanibdi. Karantin vaqtida xujjatlarni qanday topshirish kerak? Ko‘pchilik bitiruvchilar o‘quv muassasalaridan diplom yoki shahodatnomalarini hali olmaganku?

    Hammamizga ma’lumki, 2019 yilda Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, 2019 yil 24 sentyabrdan boshlab universitet o‘z faoliyatini boshlagan edi. Hozir universitetda birinchi bosqich talabalari tahsil olmoqda. Haqiqatda bu Universitetga hujjat topshirib talaba bo‘lish orzusi talab darajasidan ko‘p.

    Bugungi kunda, Toshkent shahridagi Amiti Universitetida abituriyentlarning hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlangan, qabul jarayonlarining barchasi esa onlayn tarzda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

    Imtihonlar 3 bosqichda birinchi bosqich 30-31 may, ikkinchi bosqich 18-19 iyul, uchinchi bosqich 15-16 avgust kunlariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Hujjatlar universitet veb-sayti orqali elektron tarzda qabul qilinmoqda.

    Maktab/akademik litsey/kasb-hunar kolleji diplomi/ shahodatnomasi yoki ushbu o‘quv maskanlarida bitiruvchi ekanligi xaqida ma’lumotnoma nusxasini taqdim etiladi.

    Maktab, litsey va kollejlarini bu yil tamomlaydiganlar, o‘qishlari haqida ushbu ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma topshirishlari yetarli. Bundan tashqari Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan karantin tadbirlari munosabati bilan bu hujjatni ham karantindan keyin topshirish imkoniyati yaratilgan. Ya’ni karantin davrida bu hujjatsiz xam ro‘yhatdan o‘tishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati