Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston pochtasi” AJ: 2020 yil 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi
    20.04.2020


    O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida 20 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ yuboriladigan pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ 2020 yil 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi.

    Hozirda, 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qabul qilish boshlandi. Jo‘natmalar yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar orqali joriy yil 20 apreldan 1 iyungacha dunyoning 38 davlatiga “Extra” tarif rejasi asosida xalqaro avia pochta jo‘natmalarni yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Manba: Axborot xizmati