Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «O‘zbekiston pochtasi» AJ ayni vaqtda «Aloqabank» mijozlarning onlayn arizalari asosida Humo va Uzcard plastik kartalarini manzillariga yetkazib bermoqda
    20.04.2020

    Bularning barchasi oddiy: mijoz bankning rasmiy sayti yoki telegram bot orqali onlayn ariza beradi. «O‘zbekiston pochtasi» AJ esa ko‘rsatib o‘tilgan manzilga konvertga solingan kartalarni xavfsiz ko‘rinishda yetkazib beradi.

    Yetkazib berish mutlaqo bepul. Karta uchun to‘lovni kartadagi mablag‘lardan (balansdan) yechib olinadi. Plastik kartalar hududiga qarab 3 kundan 7 kungacha bo‘lgan vaqtda yetkazib beriladi.

    «O‘zbekiston pochtasi» AJ hozirgacha 300dan ortiq kartalarni xuddi shu tartibda tarqatishga ulgurdi. Karantin davrida uydan chiqmasdan, yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin. «O‘zbekiston pochtasi» AO zamonaviy, ilg‘or va xavfsiz xizmatlari bunda yordamga keladi. Asosiysi, bu juda qulay va oson, eng muhimi mutlaqo xavfsiz!

    Manba: Axborot xizmati