Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Parlament eshituvida AKT vaziri ma’lumoti eshitildi
    17.04.2020

    2020 yil 16 aprel Oliy Majlis Qonunchilik palatasida videokonferens aloqa tarzida tashkil etilgan Parlament eshituvi bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov YeOII bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishining mamlakatimiz axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasiga ta’siri yuzasidan ma’lumot berdi.

    Hamkorlikning telekommunikatsiya va Internet xizmatlari narxlariga hamda telekommunikatsiya bozori raqobatbardoshligiga, shuningdek, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarga ta’siri chuqur tahlil etildi.

    Parlament eshituvida Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javob qaytarildi.

    Manba: Axborot xizmati