eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Parkdan— karantin vaqtida Online Open Sessions yangi qiziqarli loyiha!
    01.04.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, IT-Park yangi “Online Open Sessions” loyihasini ishga tushurdi. Mazkur loiyha onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiya bo‘lib, unga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan.

    Dasturda o‘rin olgan ma’ruzalarida qo‘yidagi dolzarb masalalar o‘rin olgan: startaplarga ko‘mak berish va rivojlantirish, venchur moliyalashtirish, axborot texnologiyalari va menedjment.

    Ma’ruzalar Zoom platformasi orqali amalga oshirilmoqda. Agarda Siz Online Open Sessions da ishtirok etishni xohlasangiz, unda quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/yZ79Z9oGDJ1ibUBV6

    Onlayn-ma’ruzalarning dasturi va jadvali:

    1. Mavzu: “Mahsulotni qanday “o‘lchash” mumkin?”. Spiker: Bobir Nurmuxammedov. Sanasi: 01.04.2020. Vaqti: 18:30;
    2. Mavzu: “Growth Hacking”. Spiker: Bobur Nurmuxammedov. Sanasi: 03.04.2020. Vaqti: 18:30;
    3. Mavzu: “Online Open Pitch”. Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 04.04.2020. Vaqti: 11:00;
    4. Mavzu: “How the market works and how to indentify it”. Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 06.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
    5. Mavzu: “Startup Advice”. Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 07.04.2020. Vaqti: 16:00;
    6. Mavzu: “Methodology of CustDev”. Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 10.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
    7. Mavzu: “Online Open Pitch”. Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 11.04.2020. Vaqti: 11:00;
    8. Mavzu: “Creating a Business Model Canvas”. Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 13.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
    9. Mavzu: “Startup Advice”. Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 14.04. Vaqti: 16:00;
    10. Mavzu: “Startup’s Financial Mechanics”. Spiker: iCreate vakili (Hindiston). Sanasi: 17.04.2020. Vaqti: 18:30 (dastlabki ko‘rsatilgan);
    11. Mavzu: “Online Open Pitch”. Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 18.04.2020. Vaqti: 11:00;
    12. Mavzu: “Startup Advice”. Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 21.04.2020. Vaqti: 16:00;
    13. Mavzu: “Digital Marketing”. Spiker: Aleksandr Solovyov (Qmarketing, Rossiya). Sanasi: 23.04.2020. Vaqti: 18:30;
    14. Mavzu: “Online Open Pitch”. Spikerlar: startapchilar. Sanasi: 25.04.2020. Vaqti: 11:00;
    15. Mavzu: “Startup Advice”. Spiker: Abdulaxad Kuchkarov. Sanasi: 28.04.2020. Vaqti: 16:00;
    16. Mavzu: “Customer Development”. Spiker: Danil Konovalov (Internet-tashabbuslarni rivojlantirish Jamg‘armasi eksperti, Rossiya). Sanasi: 29:04. Vaqti: 18:30.

    Manba: Axborot xizmati