Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Amiti universiteti o‘z talabalari uchun onlayn-ta’limni joriy etdi
    18.03.2020

    Toshkentdagi Amiti universiteti o‘z talabalarni o‘quv jarayonini ta‘minlash maqsadida 19 martdan boshlab onlayn-ta‘limni joriy etdi. Bu esa talabalarga fanlarni masofaviy tarzda o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga har bir talabaga nisbatan individual yondashuv qo‘llaniladi.

    Ta‘kidlash joizki, Amiti universiteti onlayn-ta‘lim bo‘yicha katta tajribaga ega. Oliy ta‘lim muassasasi huzurida alohida akkreditatsiyadan o‘tgan onlayn-universitet faoliyat ko‘rsatmoqda, va uning tizimida dunyoning 135 mamlakatidan 76 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. “Amity-online” birinchi va eng yirik оnlayn-universiteti bo'lib, 10dan ortiq bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha diplom taqdim etadi.

    Hozirgi kunda Toshkentdagi Amiti universitetining ma‘muriyati hindistonlik tomoni bilan O‘zbekistonda birinchi onlayn-universitetni joriy qilish masalasi bo‘yicha o‘zaro muzokara olib bormoqda.

    Manba: Axborot xizmati