Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” ochildi.
    28.02.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhataram Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, bu borada qator vazifalar belgilanib, ishlar olib borilmoqda.
    Xususan 3-tashabbus doirasida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda. 
    Ushbu o‘quv markazlaridan biri 28 fevral kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi.Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilotlar Xorazm viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va soha faxriylari ishtirok etdilar. O‘quv markazini tashkil etish uchun “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi zamonaviy kompyuter texnologiyalari, robototexnika jihozlari, proyektor, kibersport o‘yinlari uskunalari va boshqa eng so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoilar yaratildi. Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.Shu bilan birgalikda o‘quv markazida korxona va tashkilotlar xodimlarini zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.
    O‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish, kibersport yo‘nalishlarida to‘garaklar hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘quv kurslari tashkil etiladi.Bugungi kunda mamlakatimizda Birlashgan arab amirliklari bilan hamkorlikda «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasi amalga oshirilmoqda. Hududlarda tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari yoshlarni «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasida faol va samarali ishtirok etishlarida ko‘makdosh bo‘ladi.
    Shuningdek ushbu “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali o‘z istedodlarini to‘liq va har tomonlama namoyish etishlari va orzu istaklarini ro‘yobga chiqarishlariga imkon beradi.
    Mazkur o‘quv markazi Gurlan tumani yoshlari uchun munosib tuhfa bo‘lib, kelgusida yoshlarning qadrdon maskanlariga aylanishi shubhasiz!

    Manba: Axborot xizmati