Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2020 yil o‘zbek kibersporti uchun katta yutuq va g‘alabalar bilan boshlandi.
    15.01.2020


             O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi kibersportchilardan iborat delegatsiya Tailandning Bangkok shahrida – AESF (Osiyo elektron sport federatsiyasi) tomonidan o‘tkazilgan forumda va e-Masters Chengdu 2020 saralash bosqichi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
             Jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri – The Sun Media Group va Thailand Esports Federation hamkorligida tashkil etilgan e-Masters Cup Bangkok 2020 mintaqaviy saralash o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan PES 2020 yo‘nalishida O‘rta  Osiyoning ikki karra chempioni – Team Uzbekistan milliy terma jamoamiz a’zosi Salohiddin Esanov qatnashdi.
               Qur’a natijalariga ko‘ra, Janubiy & Markaziy Osiyo mintaqasining “A” guruhidan o‘rin olgan Salohiddin Esanovga Pokiston, Hindiston va Shri-Lanka mamlakatlaridan tashrif buyurgan kibersportchilar raqiblik qilishdi. “V” guruhidan esa Qozog‘iiston, Maldiv va Nepal jamoasi a’zolari joy olishdi.
              Guruh bosqichini yirik hisobli g‘alabalar bilan boshlagan kibersportchimiz ishonchli o‘yinlari bilan guruhdan chiqib olgan bo‘lsa, Play off yarim finalida esa Salohiddin Esanov V guruhining kuchli o‘yinchilaridan biri Qozog‘istonlik kibersportchini yengdi va finalga yo‘l oldi. Qizg‘in kurashlarga boy kechgan final bellashuvida ham Salohiddin Esanov hindistonlik kibersportchini umumiy hisobda mag‘lub etib, “RES 2020” yo‘nalishida e-Masters 2020 Qualifiersning Janubiy & Markaziy Osiyo mintaqasi chempioniga aylandi va Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tadigan. Grand-final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    Manba: Axborot xizmati