eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Inxa Universiteti talabalari tomonidan noyob dasturiy mahsulot yaratildi
    26.12.2019

    Toshkentdagi Inha universitetining to'rtinchi kurs talabalari Abdulloh Asqarov, Shaxobiddin O'rmonov, Sardor Ibroximov, Bedilbek Hamidov, Eldor Abduxamidov va Sherzod Niyozov va professor Frensis Tay boshchiligida C-Vision noyob sun'iy ko'rish tizimini yaratdilar.

    «Dastur odamning qarashini aniqlaydi, uning his-tuyg'ularini taniydi va ushbu ma'lumotlarni, masalan, real vaqtda ma'ruzachining ma'ruzasi bilan taqqoslaydi. Ushbu xizmat ma'ruzaning har soniyasida tinglovchilar tomonidan idrok etish yoki sezmaslik darajasini belgilaydi», - deydi talaba Abdullox Asqarov.

    Ishlab chiqaruvchilarning habariga ko'ra, dastur mobil hisoblanib u mutlaqo turli sohalarda ta'lim, xavfsizlik, reklamalarda ishlatilishi mumkin.

    «Dastur katta tadbirlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatilishi ham ko‘zda tutilgan. Masalan, bir necha soniya ichida xizmat hissiyotlarni taniy oladi va tahlil qiladi, natijada sport stadionida, kontsert zalida minglab odamlarning niyatlarini aniqlab bera oladi. Dastur salbiy his-tuyg'ularga ega odamlarni aniqlaydi va ularni alohida klasterga joylashtiradi. Bu xavfsizlik xodimlarining ishini ancha engillashtiradi», - deydi ishlab chiqaruvchilar.

    Bundan tashqari, ta'lim sohasida qo'llash mumkin bo'lib u talabalarning ma'ruza, dars jarayonida qanchalik qiziqish bilan ishtirok etayotganini aniqlaydi.

    Ta'kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari o'zlarining ijobiy harakatlari bilan Varshavada bo'lib o'tgan Microsoft Thenext AIGuardians-2019 xalqaro sun'iy intellekt tanlovining final bosqichida ishtirok etdilar.O'zbekistonlik dasturchilar bunday tanlovda birinchi marotaba ishtirok etib, uning g'olibiga aylandilar. Bundan tashqari, xuddi shu loyiha bilan, talabalar Google TakeOff-2019 xalqaro startap tanlovida ishtirok etib eng yaxshi 50 ta lik  loyihadan joy egalladilar.

    Manba: Axborot xizmati