eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi muammolari” Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
    26.11.2019

    2019 yil 26 noyabr kuni O'zbekiston aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi va Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi – “UNICON.UZ” DUK  tomonidan “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi muammolari” bo‘yicha  Respublika seminari  bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari Bahromjon Olmatov ochib berdi. O'z nutqida seminar ishtirokchilarini axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot xavfsizligi muammolari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tanishtirdi.

    Seminarning maqsadi va vazifalari axborot xavfsizligi muammolarini hal qilish yo‘llari va tamoyillarini o‘rganish, seminar ishtirokchilarini axborot xavfsizligining turli tahdidlari bilan tanishtirish, axborot xavfsizligini ta’minlashda tashkiliy, huquqiy, apparat-dasturiy va kriptografik usul hamda vositalarning ahamiyatini muhokama etish, axborot xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.

    Seminarda axborot xavfsizligi bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, axborot xavfsizligi sohasida standartlarning roli va ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari, korxona va tashkilotlarning xavfsizlik siyosati,- mobil aloqa tarmoqlarining axborot xavfsizligi, axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari,  axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-apparat vositalari, O‘zbekiston Respublikasida ochiq kalitlar infratuzilmasini rivojlantirishning dolzarbligi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida elektron hujjat almashinuvining axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar, axborot xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy vositalari,axborotni kriptografik himoyalashning apparat va dasturiy ta’minotli vositalari qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlarining tahlili, milliy kriptografik tizimlar va ularning imkoniyatlari, axborotni himoya qilishning samarali vositalarini ishlab chiqish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati