Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
    04.11.2019

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yil 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumanini o‘tkazdi.

    Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev ishtirok etdi. 

    Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.

    Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga javb berildi.

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor vazifalari belgilab berilgan. 

    Telekommunikatsiyalar yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika bo‘yicha, 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalar o‘rnatilib, ularning jami sig‘imi 1,87 mln. portga yetkazildi, shundan 125 ming port (16 foiz) 330 ta qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.9 000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 35,6 ming km.ga yetkazildi va buning natijasida 3 117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 962 ta tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinishiga erishildi, shuningdek, 201 ta davlat xizmatlari markazlarining ob’ektlari, 544 ta sudlar ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulandi.

    Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605 ta baza stansiyalari o‘rnatilib, tarmoq modernizatsiya qilindi, shundan 132 tasi “Obod qishloq” dasturi doirasidagi hududlarga to‘g‘ri keladi.

    Xo‘jalik yurituvchi subektlar, telekommunikatsiya tarmoqlari operator va provayderlari tomonidan 650 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.

    Shu bilan birga axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizda milliy UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar soni 71 mingdan oshdi.

    Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

    Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi. 

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.

    Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.

    Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.

    Manba: Axborot xizmati