Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida navbatdagi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi foydalanishga topshirildi
    31.08.2021

    Yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Shunday oʻquv markazlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida ochilib, oʻz ish faoliyatini boshladi. Oʻquv markazi viloyatda tashkil etilgan oʻn birinchi oʻquv markazi hisoblanib, Respublikada birinchilardan boʻlib Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari faoliyat yoʻlga qoʻyildi.

    Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi, IT-park Sirdaryo filiali vakillari, Sirdaryo tuman hokimi va hokimlik mutasaddilari, mahalla faollari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etdi.

    Shinam xonalarga ega boʻlgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilinadi.

    Shuningdek, markazda ushbu tuman korxona va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organi xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati