Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida beshinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
    14.12.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Jizzax viloyati, Baxmal tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan bechinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarma, Baxmal tuman hokimligi rahbar va xodimlari, IT Park maslahatchisi hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi, kiber sport o’yinlari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati