Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida to`rtinchi o‘quv markazi ochildi
    12.12.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Jizzax viloyati Paxtakor tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan to`rtinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Paxtokor tumani hokim o’rinbosari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarma boshlig’i, IT Park boshliq o‘rinbosari, IT Park maslahatchisi, “O’zbektelekom” AK Jizzax filiali rahbari so’zga chiqib yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirib o‘ tishdi.

     Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi, kiber sport o’yinlari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati