Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi
    08.12.2020

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020-2021 o‘quv yili uchun Vazirlikning stipendiyasiga nomzod boʻladigan oʻquvchi va talabalarning hujjatlarini qabul qilishni  boshladi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Vazirlik)ning buyrug‘iga muvofiq soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga Vazirlikning stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi belgilangan.

    Vazirlik stipendiyasi o‘qishda, ilmiy izlanishlarda, ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va uning filiallari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti bakalavriatura talabalari va TATU qoshidagi akademik litseylarning o‘quvchilari uchun Vazirlik Tarmoq ilmiy-texnik kengashi qarori asosida Vazirlikning buyrug‘iga muvofiq tayinlanadi.

    Shuningdek onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 2020 yil 21 dekabr etib belgilangan.

    Vazirlik stipendiyasiga hujjatlar Vazirlikning rasmiy veb-sayti (https://mitc.uz/uz/conference/grant-mitc)  orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilish belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati