Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toyloq va Samarqand tumanlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    31.08.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, respublika miqyosida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etishni davom ettirmoqda.

    Shu munosabat bilan,  Toyloq va Samarqand tumanlarida shunday markazlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Toyloq tumanidagi markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va 50 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdilar.

    Samarqand tumanida esa markaz ochilishida tuman AKT vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari rahbarlari, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

    Mazkur markazlarda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markaz axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan.

    Mazkur markazlarning ochilishi ushbu tumanlar yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bayram sovg‘asi bo‘ldi.

     

    Manba: Axborot xizmati