Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yetitta eng zoʻr mobil ilovasi “mGovAward” final bosqichiga oʻtdi!
    19.08.2020

    2020 yil 19 avgust kuni talabalar oʻrtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish“mGovAward” tanlovining Demo Dayʼi boʻlib oʻtdi. Unda 264 ta raqiblar orasidan tanlab olingan 18 ta guruh ishtirok etdi.

    Eslatib oʻtamiz, “Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish” yoʻnalishi boʻyicha BAA bilan hamkorlik doirasida davlat mobil ilovalarini yaratishni ragʻbatlantirish uchun BAA kelajak va hukumat ishlari Vazirligi bilan birgalikda tanlov yoʻlga qoʻyilgan edi.

    2019 yil 26 sentyabr va 2020 yil 10 fevral oraligʻida https://mgovaward.uz/ — tanlov rasmiy sayti orqali 264 ta qatnashish uchun arizalar kelib tushdi, ularning 95 tasi oʻz mobil ilovasiga ega.

    Tanlov ishtirokchilari 5 yoʻnalish boʻyicha mobil ilovalarni ishlab chiqishdi, xususan, taʼlim sohasida (27), sogʻliqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6).

    Dasturlash va loyihalarni yaxshilash sifatini oshirish maqsadida 2020 yilning 18-19 yanvar kunlarida ikki kunlik intensiv vorkshop oʻtkazildi. Yurtimizning 6 ta hududidan 60 ta guruh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda koʻp yillik tajribaga ega mentorlar maʼruzalarini tinglashdi.

    BAA, vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (jyuri) tashkil etildi, shuningdek 2020 yilning 28-29 fevral kunlari 97 ta guruh oʻrtasida mobil ilovalarni baholash boʻlib oʻtdi, mazkur bosqichda 18 ta jamoa yarim finalga oʻtdi.

    Demo Day natijalariga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari va oʻzbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi mavjud 18 ta ilovani baholashdi va 7 ta eng yaxshi deb topilganlari final bosqichiga oʻtgan deb maʼlum qilindi.

    Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish koʻrinishida amalga oshiriladi va uning natijalariga koʻra, 3 gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

    1-oʻrin — $50,000

    2-oʻrin- $30,000

    3-oʻrin — $20,000

    Ochiq ovoz berish tafsilotlari tez kunda eʼlon qilinadi!

    Manba: Axborot xizmati