Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumat sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha idoralararo onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
    22.07.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida davlat tashkilotlarining elektron hukumat sohasida amalga oshirayotgan loyihalari xususida onlayn yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

    Onlayn yig‘ilishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi va Davlat xizmatlari agentliklarining loyihalari muhokama qilindi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlarning hisobotlari eshitildi.

    Asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699 qarori ijrosiga qaratildi.

    Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi. Bugungi kunda portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda.

    Yig‘ilish davomida talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

    Xususan, mazkur qarori doirasida 2020-2021 yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlashga mo‘ljallangan integratsiyalashgan “Tadbirkor” axborot tizimini joriy etish, “Notarius” kompleks axborot tizimi server qurilmalarini modernizatsiya qilish va dasturiy ta’minotini takomillashtirish, “Sanoat mulki muhofazasi portali”ni yaratish va boshqa tegishli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.

    Manba: Axborot xizmati