Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumatning qarori qabul qilindi
    19.07.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha xarakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2-martdagi PF-5953 son farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 444-son Qarori qabul qilindi.

    Mazkur Qarorga muvofiq Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri yaratiladi, va ushbu reyestrga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining axborot tizimlari va axborot resurslari kiritiladi. Yagona reyestr 2021 yil 1 yanvarga qadar amaliyotga joriy etiladi.

    Shu bilan birga, “Elektron hukumatning ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri” axborot tizimi modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirilishi belgilangan.

    Yagona reyestrining ishga tushirilishi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarining hisobini yuritish, ularni yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi monitoringini yuritish hamda funksional vazifalari takrorlanadigan axborot tizimlarini ishlab chiqishning oldini olish va ularni ishlab chiqish bo‘yicha ortiqcha xarajatlarini qisqartiradi.

    Mazkur Qaror bilan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini joriy qilish nazarda tutilgan hamda ushbu axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi belgilangan.

    “Ma’lumotlarni boshqarish” axborot tizimini joriy etish davlat organlari va tashkilotlaridan olinadigan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni onlayn ravishda avtomatik shaklda umumlashtirish, tahlil qilish va kelgusida prognozlash imkonini beradi.

    Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida mazkur qarorda qo‘yidagi band joy olgan. Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy bo‘linmalari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab jamoatchilik oldida o‘z faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi.

    Hisobotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak va boshqa tillardagi versiyalarga ham ega bo‘lishi mumkin. Yana bir muhim jihat: hisobot jamoatchilikka tushunarli shaklda, oddiy va ravon tilda taqdim etilishi lozim hamda joylashtirilgan hisobotlardagi ma’lumotlarga ularni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart.

    Qarorning ilovasida ko‘rsatilgan “Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibi to‘g‘risida” Nizomiga muvofiq rasmiy hisobotni taqdim etish tartibi belgilangan. Hisobot mazkur Nizomga muvofiq uch bosqichda tashkil etiladi:

    1-bosqich – hisobot yakunlagan kundan e’tiboran 10 kun muddatda davlat organi va tashkilotning internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messenjerlardagi rasmiy sahifalarida joylashtiradi.

    2-bosqich – hisobot haqidagi xabarnoma markaziy (xududiy) bosma ommaviy axborot vositalarida va davlat organlarining va tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda, mobil messejerlardagi akkauntlarda tadbir rejalashtirilayotgan kundan kamida 10 kun oldin e’lon qilinadi.

    3-bosqich – hisobot yakunlagan kundan e’tiboran 30 kun muddatda bevosita taqdim etish maqsadida rasmiy veb-saytda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali brifing, matbuot konferensiyalarining onlayn translyatsiyalari tashkil etiladi va uning natijalari tahlil qilinadi.

    “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilinishi, shubhasiz, elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirishga, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini ta’minlashga zamin yaratib beradi.

    Manba: Axborot xizmati